AsosiyJamiyat

Jahongir Ortiqxo`jaev: Aholi roziligisiz hech bir uy buzilmaydi

'Jahongir Ortiqxo`jaev: Aholi roziligisiz hech bir uy buzilmaydi'ning rasmi

Bugun, 18 fevral kuni Mirzo Ulug`bek tumani hokimligida Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxo`jaev va Markaz-1 hamda Markaz-2 hududlarida istiqomat qiluvchi aholi ishtirokida ochiq muloqot bo`lib o`tdi.

Unda shahar hokimi ushbu hududlar aholisi orasida yuzaga kelgan savollarga aniqlik kiritdi. Dastlab hokim aholining o`z turar joylari, tumanlarida olib borilayotgan qurilishlar haqidagi fikrlari bilan tanishdi. Uchrashuvda murojaat bilan kelgan fuqarolar Toshkentdagi bunyodkorlik tadbirlari va uylar holati bo`yicha o`z fikrlarini bildirishdi.

Toshkent shahar hokimi poytaxtimizdagi buzilishi ehtimoli bo`lgan hududlardagi ishlarni tashkil etish bo`yicha axborot berdi. Xususan, bu borada tegishli hududlarda ofislar tashkil etilib, har bir oilaning bu boradagi fikrlari o`rganilishi ma`lum qilindi.

"Aholining bizning uylarimiz buziladimi degan savoliga, esa sizning roziligingizsiz bu ish amalga oshmaydi", - deya ta`kidladi Jahongir Ortiqxo`jaev.

    Boshqa yangiliklar