AsosiyJamiyat

Samarqandda "Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punkti" ko`rik-tanlovi g`oliblari taqdirlandi

'Samarqandda "Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punkti" ko`rik-tanlovi g`oliblari taqdirlandi'ning rasmi

Bugun, 18-fevral kuni Samarqand shahridagi yoshlar markazida “Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punkti” ko`rik-tanlovining viloyat bosqichi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Taqdirlash marosimida viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, harbiylar, mahalla fuqaro yig`inlari hamda bir qator soha vakillari ishtirok etishdi.

Tantanali tadbirda ko`rik-tanlovda 1-, 2-, 3-o`rinni egallagan g`oliblar bilan bir qatorda “Eng mahoratli profilaktika inspektori”, “Profilaktika inspektorining eng faol jamoat tartibini saqlash bo`yicha yordamchisi”, “Eng fidoyi mahalla raisi”, “Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo`yicha faol mutaxassis”, “Adolatli yarashtirish komissiyasi raisi”, “Ibratli xotin-qizlar qo`mitasi raisi”, “Eng faol yoshlar etakchisi” va “Eng fidoyi sektor rahbari” nominasiyalari bo`yicha g`oliblar ham tadbir tashkilotchilari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

Harbiy orkestr, madaniyat va san`at xodimlarining badiiy chiqishlari tadbirga yanada ko`tarinki kayfiyat bag`ishladi.

    Boshqa yangiliklar