AsosiyJamiyat

Yashirilgan taqinchoqlar bojxona chegarasida oshkor bo`ldi

'Yashirilgan taqinchoqlar bojxona chegarasida oshkor bo`ldi'ning rasmi

Kuni kecha “Olot” chegara bojxona postida yurtimizga kirib kelgan yo`lovchi M.M tegishli tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, uning qo`l yuklari ichida 411,62 gr.ga teng kumush taqinchoqlar deklarasiya va og`zaki so`rovda ma`lum qilmasdan yashirincha olib o`tishga urinilgani fosh etildi. Dastlabki hisob kitoblarga ko`ra, ushbu zargarlik buyumlarining umumiy bahosi 8,2 million so`mni tashkil etdi.

Shu kabi yana bir holat, yo`lovchi G.N tomonidan sodir etildi. U o`zi bilan yashirincha jami 307,58 gr.ga teng, umumiy qiymati 6,1 million so`mlik ayollar taqinchoqlarini yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatmay, bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilmasdan O`zbekiston hududiga olib kirayotgan vaqtida to`xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar