Bugun, 18 fevral kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligida AQShning Vebster universiteti vise-prezidenti Dj.Shuster rahbarligida delegasiya qabul qilindi.
Muzokaralarda Toshkent shahrida AQShning Vebster universiteti filialini tashkil etish va 2019/2020 o`quv yilidan boshlab abiturientlarni qabul qilinishni yo`lga qo`yish masalalari muhokama qilindi.
2019 yil 5 fevral kuni oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri I.Madjidov hamda Vebster universiteti prorektori Dj.Shuster tomonidan Kelishuv bitimi imzolangan edi.
Vebster universiteti delegasiyasi Bitimda belgilangan vazifalar hamda Toshkent shahrida Vebster universiteti filialini tashkil qilish bo`yicha amaliy choralar ko`rish maqsadida joriy yil 18-21 fevral kunlari yurtimizda rasmiy tashrif bilan bo`ladi.
Tashrif jarayonida AQSh delegasiyasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`zbekiston davlat jahon tillari va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlari hamda boshqa OTMlarga tashrif buyuradi.






