AsosiyJamiyat

Akfa universitetiga bu yil 100 nafar talaba bepul o`qishga qabul qilinadi

'Akfa universitetiga bu yil 100 nafar talaba bepul o`qishga qabul qilinadi'ning rasmi

"Akfa Medline" tibbiyot majmuasida Akfa universiteti tashkil etilishi munosabati bilan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda universitet haqida ma`lumotlar berildi, deb yozmoqda O`zA.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi “Akfa universitetini tashkil etish to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan bilim yurtida ta`lim jarayoni xorijiy hamkorlarning o`quv rejalari va dasturlariga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim davlat standartlari hamda davlat talablari hisobga olingan holda ingliz tilida tashkil etiladi.

Bu yil universitetga 100 nafar talaba bepul o`qishga qabul qilinadi.

Tadbirda ma`lumot berilishicha, universitet tibbiyot, qurilish sohasi ( arxitektura, muhandislik va dizayn ), sanoat sohasida ( muhandislik ) yo`nalishlarida bakalavr va magistratura bosqichida ta`lim beradi.

Akfa universitetida o`qish 2019 yil 1 sentyabrdan boshlanadi va birinchi bosqichda talabalar tibbiyot yo`nalishi bo`yicha 2019-2020 o`quv yillari uchun o`qishga qabul qilinadi. Ta`lim jarayoni Koreyaning Gachon universiteti bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Tibbiyot yo`nalishi talabalari 6 yil tahsil olishadi va ta`lim ingliz tilida olib boriladi.

    Boshqa yangiliklar