AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik shoira "Osiyo she`riyati - 2019" xalqaro festivalida e`tirof etildi

'O`zbekistonlik shoira "Osiyo she`riyati - 2019" xalqaro festivalida e`tirof etildi'ning rasmi

Joriy yilning 15-17 fevral kunlari Dehli shahrida “Osiyo she`riyati – 2019” xalqaro festivali bo`lib o`tdi, deb xabar berdi O`zA.

Hind farzandi Mahatma Gandining 150 yilligi va atoqli rassom Sayed Haydar Razaning 97 yillik yubileyiga bag`ishlab o`tkazilgan mazkur yirik adabiy tadbirda Afg`oniston, Armaniston, Vetnam, Eron, Isroil, Singapur, Kamboja, Laos, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi 20 davlatdan kelgan 30 ga yaqin ijodkor qatnashdi.

O`zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko`magi bilan festivalda mamlakatimiz nomidan taniqli shoira Zebo Mirzaeva ishtirok etdi.

Elchixonaning ma`lum qilishicha, Z.Mirzaeva she`riyati xalqaro adabiy doira vakillarida katta qiziqish uyg`otgan. Xususan, Hindistondagi “Raza Foundation” jamg`armasi rahbari Ashok Vajpeyi shoira ijodini yuksak baholagan.

Ma`lumot o`rnida, “Osiyo she`riyati - 2019” xalqaro festivali tashkilotchilaridan biri “Raza Foundation“ notijorat jamg`armasiga hind zamonaviy san`at ustasi Sayed Haydar Raza tomonidan 2001 yilda asos solingan. Jamg`arma Hindistondagi adabiyot va san`at yo`nalishlarida faoliyat ko`rsatuvchi muassasalarga ko`mak berib keladi.

    Boshqa yangiliklar