AsosiyJamiyat

1 avgustdan davlat xizmatlari idoralararo integrasion platforma orqali amalga oshiriladi

'1 avgustdan davlat xizmatlari idoralararo integrasion platforma orqali amalga oshiriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat xizmatlari ko`rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida"gi Qarorga ko`ra, 2019 yil 1 avgustdan boshlab davlat xizmatlari ko`rsatishda davlat organlari tomonidan fuqarolardan pensiya daftarchalari, soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to`g`risida ma`lumotnomalar, soliq to`lovchining hisobga qo`yilganligi to`g`risida guvohnomalar, to`langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining ushlab qolingan summalari to`g`risida ma`lumotnomalar talab qilinishi taqiqlanishi belgilanmoqda.

Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ya`ni davlat boshqaruv, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni davlat soliq xizmati organlari, ATB "Xalq banki", O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasidan elektron o`zaro hamkorlik orqali faqat idoralararo integrasion platformaga axborot olish uchun ulanish yo`li bilan mustaqil ravishda so`raydilar va oladilar.

    Boshqa yangiliklar