10 noyabr, dushanba kuni 52 yoshli ayol Rossiyaning Novosibirsk shahri metrosida yaqinlashib kelayotgan poezd yo`liga o`zini tashladi, deya xabar bermoqda TASS IIVning Novosibirsk viloyati bo`yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib. Ayol jabr ko`rmagan.
Dastlabki ma`lumotga ko`ra, ayol qarindoshlari bilan janjallashib qolgach, bunday xatti-harakatni amalga oshirgan.
Hodisa mahalliy vaqt bilan 10:08 (Toshkent vaqti bilan 9:08)da metropilitenning Lenin yo`nalishi «Gagarinskaya» bekatida sodir bo`lgan. Elektr poezdlar harakati 17 daqiqaga to`xtatib turilgan, so`ng to`liq qayta tiklangan.





