Yaqin kunlarda katta ekranlarga “Forsaj: Xobbs va Shou” filmi chiqariladi, deya ma`lum qildi Kinonews.ru nashri.
Film “Forsaj” franshizasining spin-offi hisoblanib, bosh rollarni Dueyn Jonson va Jeyson Stetxem ijro etgan.
Bir-biriga dushman bo`lgan agent Xobbs va jinoyatchi Shou umumiy dushmanni engish uchun birlashishadi.
Shu kunlarda Dueyn Jonson “Forsaj 9”da ishtirok etmasligi ma`lum bo`ldi.






