Granada universiteti olimlari yolg`on gapiruvchilarga bog`liq tadqiqot o`tkazishdi, deya ma`lum qilmoqda Rora.ru nashri.
Ularning tadqiqotlariga ko`ra, yolg`on gapirayotgan odamning birinchi navbatda burnining harorati sezilarli darajada pasayar ekan. Olimlar ko`ngillilardan yaqinlariga yolg`on so`zlashlarini so`rab shunday xulosaga kelishgan.
Qolaversa, yolg`on gapirayotgan odamning peshanasi qizib, ter tomchilari paydo bo`lar ekan.






