AsosiyJamiyat

"Toza hudud"dagi chirkin ishlar: davlatning 92 million so`mdan ziyod mablag`ini o`zlashtirgan rahbar jazoga tortildi

'"Toza hudud"dagi chirkin ishlar: davlatning 92 million so`mdan ziyod mablag`ini o`zlashtirgan rahbar  jazoga tortildi'ning rasmi

Davron Sapaevning (ism-familiya­lar o`zgartirilgan ) Xorazm viloyat «Toza hudud» davlat unitar korxonasiga rahbarligi bir yilga ham etmadi. Ammo bu vaqt mobaynida u davlatning 92 million so`mdan ziyod mablag`ini o`zlashtirishga ulgurdi. Bu ishlarda unga o`rinbosari, «udda­burron»­likda ko`plarga dars beradigan, bu boradagi «tajriba»si uchun muqaddam ikki marta sudning qora kursisiga o`tirib ulgurgan, har ikki holatda ham jinoyat ishi tegishli tartibda tugatilganidan tegishli xulosa chiqara olmagan Umid Ibragimov yaqin ko`makchi bo`ldi.

Korxona Qo`shko`pir tumanidagi «Qattiq va maishiy chiqindilar» poligonida qo`shimcha bino qurish to`g`risida shart­noma tuzadi. Poligonda 115 million so`mlikdan ziyod ishlar bajariladi. Ammo ish qiymati «Bajarilgan ish­lar to`g`risida hisob-faktura ma`lumotnomasi»da 137 million so`mdan ziyod qilib qayd qilinadi. Ko`p o`tmay, bu hujjatga yana aslida qilinmagan ishlar qo`shilib, umumiy summa 208 million so`mga etkaziladi. Oqibatda davlatning 92 million so`mdan ziyod mablag`i ras­trata qilinadi.

Shuncha mablag`larni osongina o`zlashtirib ketaman, deya xayolga borgan bu kimsalarning qilmishlari fosh bo`ldi, deb yozadi "Huquq" gazetasi.

Keltirilgan zarar qoplandi. Sud hukmi bilan Davron Sapaev ikki yil muddatga muayyan huquqdan mahrum etilib, 2 yilu 6 oyga axloq tuzatish ishlariga jalb qi­lindi. Umid Ibragimov esa eng kam ish haqining 110 barobari miqdorida jarima to`lashiga to`g`ri keldi.

    Boshqa yangiliklar