AsosiyJamiyat

Orol dengizining suvi qurigan hududida himoya o`rmonzorlari barpo etiladi

'Orol dengizining suvi qurigan hududida himoya o`rmonzorlari barpo etiladi  'ning rasmi

Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya o`rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Qarorda ta`kidlanishicha, dengiz qurishi va sho`rlanishning tezlashuvi oqibatida so`nggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xo`jaligida foydalanishga yaroqsiz bo`lib qoldi. Qurigan dengiz o`rnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan “Orolqum” sahrosi paydo bo`ldi.

Qarorga muvofiq, Orol dengizining suvi qurigan tubida himoya o`rmonzorlari barpo etiladi.

Himoya o`rmonzorlari barpo etish uchun 2019 yil mobaynida bosqichma-bosqich 100 mlrd so`m ajratiladi.

Bundan tashqari, Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019 yil davomida jami 500 ming gektar maydonda himoya o`rmonzorlari barpo etiladi.

    Boshqa yangiliklar