AsosiyJamiyat

Tug`ilganlikni qayd etish bo`yicha davlat xizmati ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi

'Tug`ilganlikni qayd etish bo`yicha davlat xizmati ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi'ning rasmi

Endilikda tug`ilganlikni qayd etish bo`yicha davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali markaz binosida joylashgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`linmalari tomonidan ko`rsatiladi. Bu Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.

Tug`ilganlikni qayd etish bola tug`ilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash joyidagi Davlat xizmatlari markazida ota yoki onaning o`zi kelgan taqdirda amalga oshiriladi hamda markaz xodimi tomonidan elektron shaklda so`rovnoma to`ldiriladi.

So`rovnomaga tug`ilganlik haqidagi tibbiy ma`lumotnoma, ota-onalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma ilova qilinishi lozim.

Davlat xizmati uchun amaldagi eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida, ya`ni 30 409 so`m gerb yig`imi undiriladi.

Markaz xodimi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib 2 soatda tegishli FHDYo bo`linmalariga taqdim etiladi. FHDYo bo`linmalari hujjatlarni olganidan so`ng 2 ish kunida bolaga nisbatan tug`ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtiradi hamda 1 soatda Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

    Boshqa yangiliklar