AsosiySport

Argentinalik ishqiboz stadion tribunasidan yiqilib halok bo`ldi

Argentinaning «Belgrano de Kordoba« va «Defensa i Xustisiya» klublari o`rtasidagi uchrashuv fojea bilan tugadi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.

Marca nashrining xabar berishicha, «Belgrano» ishqibozi o`z jamoasining golini nishonlayotganda tribunadan tushib ketdi va hayotdan ko`z yumdi.

Halok bo`lgan muxlis Karlos Fernandos 22 yoshda edi. Ishqiboz 25 metr balandlikdan yiqilib tushdi. U og`ir ahvolda tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga etkazildi va o`sha erda olamdan o`tdi.

Eslatib o`tamiz, 8 noyabr kuni o`tgan o`sha uchrashuv 3:0 hisobida «Belgrano» g`alabasi bilan tugagan.

    Boshqa yangiliklar