AsosiyJamiyat

Yashirin tarzda olib kirilayotgan dori vositalari to`xtatib qolindi

'Yashirin tarzda olib kirilayotgan dori vositalari to`xtatib qolindi'ning rasmi

Mamlakatimiz hududiga tibbiy buyumlar va dori vositalarini olib kirish tartibi bir qator qonun hujjatlari bilan aniq belgilab qo`yilgan va bu haqda ommaviy axborot vositalarida takror va takror aytib o`tilayotgan bo`lsada, ayrim fuqarolar tomonidan ushbu tartiblarni buzish holatlari hali hanuz kuzatib kelinmoqda.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari tomonidan «Dehli-Toshkent» yo`nalishi bo`yicha uchib kelgan fuqarolar T.B. va T.R. larning bagajlari belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, ularning ichida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me`yoridan anchagina ortiq bo`lgan, deyarli 50 million so`mlik sifati kafolatlanmagan, 777 dona dori vositalari va 103 dona tibbiyot buyumlari borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu dori vositalari vaqtincha saqlovga olinib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar