AsosiyJamiyat

“Kobalt”da nimalar yashirilgan edi?

' “Kobalt”da nimalar yashirilgan edi?'ning rasmi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari maishiy texnika vositalarini noqonuniy olib kirilishiga doir yana bir bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi.

O`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.A boshqaruvida bo`lgan “Kobalt” rusumli avtomashina Yangiqo`rg`on tumanining chegara oldi hududida tezkor kuzatuvga olinib, Namangan shahar Oromgoh dahasida to`xtatilib ko`zdan kechirildi. Natijada, avtomashina yukxonasi va salon qismida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo`lmagan 16 dona changyutgich maishiy texnika buyumlari borligi aniqlandi.

Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati
salkam 16,2 million so`mni tashkil qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar