AsosiyDunyo

Ikkinchi jag` bilan tug`ilgan ko`ppak

'Ikkinchi jag` bilan tug`ilgan ko`ppak 'ning rasmi

Amerikaning Oklahoma City Animal Welfare boshpanasiz jonivorlar pansionida g`alati hodisa kuzatildi, deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Bu erda boshqa jonivorlar qatori ikkinchi jag`i bilan tug`ilgan it ham bor.

Gap shundaki, Toad laqabli it pansionga besh yoshligida olib kelingan. Markaz xodimlari todning kallasida uchinchi quloq borligini payqab qolishadi va uni Mutt Misfits qutqaruv markaziga jo`natishadi. U erda esa itning uchinchi qulog`ida ikkinchi jag`i borligi aniqlanadi.

Keyin esa operasiya qilinib, itning ikkinchi jag`i olib tashlandi, ba`zi tishlar esa joyida qoldirildi, negaki ular kalla suyagidan o`sib chiqqan ekan. Hozirda Toad o`zini yaxshi his etmoqda.

    Boshqa yangiliklar