AsosiyDunyo

Bank xodimlari bosqinchini pullarni kredit ko`rinishida olishga ko`ndirishdi

59 yoshli Mark Smit (Mark Smith) Vatsonvill shahridagi banklardan biriga pul o`g`rilash uchun bosqinchilik qiladi va xodimlarga unda bomba borligini, agar hoziroq 2000 dollar berishmasa, portlatishini aytadi.

Ammo bank menejeri Smitni ushbu pullarni kreditga olishga ko`ndiradi.

Smit xotirjam kutar ekan, bank xodimi hujjatlarni rasmiylashtirdi. Bu vaqt oraligida esa menejer polisiyaga qo`ng`iroq qildi.

“Jinoyatchini chalg`ita olgani uchun sodir bo`lishi mumkin bo`lgan jinoyatning oldi olindi”, - deb yozadi Santa Cruz Sentinel gazetasi polisiya leytenant Darren Tompsonning gaplariga tayanib.

Polisiya Smitni qo`lga oldi. Surishtirish natijalari shuni ko`rsatdiki, aslida Smitda hech qanday bomba bo`lmagan, deydi leytenant Tompson.

    Boshqa yangiliklar