The Guardianda e`lon qilingan Oxfamning yangi tadqiqoti yordamida olimlar er yuzidagi eng boy odamlarning mablag`larini sarflashlari uchun qancha vaqt kerakligini aniqlashdi.
Masalan, Bill Geyts o`zining 79 milliard dollarini 218 yilda tugatar ekan. Shunda ham agar u kuniga uchta “Ferrari” sotib olsagina.
Meksika kommunikasiya industriyasi qiroli Karlos Slimning vaqti biroz ko`proq, 220 yil. Amerikalik investor va tadbirkor Uorren Baffet esa o`z pullarini 169 yilda sarflashga ulguradi.





