Associated Pressning xabar berishicha, 39 yoshli amerikalik ayol qamoqxonaga kirishga uringani uchun qamoqqa olingan.
Voqea Pau Pau shahrida sodir bo`lgan. Fox17ning ma`lumotiga ko`ra, ayol shahardagi barlardan birida bo`lgan va keyinchalik boshqa joyga borishga qaror qilgan. U mashinasiga o`tiradi va barga yo`l oladi. Keyinchalik uning aytishicha, u erda uni do`sti kutib turgan. Biroq yo`lda u ikki binoani chalkashtirib yuboradi va Van-Byuren okrugiga qarashli qamoqxona mashinalar to`xtash joyiga borib qoladi.
Uning harakatlarini kuzatib turgan huquqni muhofaza qilish xodimlari ayolning mast ekanligini aniqlashadi va qo`lga olishadi.





