Berlin devori qulaganining 25 yilligi munosabati bilan shahar uzra 7 mingta nur taratuvchi pufaklar (sharlar) uchirildi. Bu haqda 10 noyabr kuni Agence France-Presse axborot agentligi xabar tarqatdi deb yozadi kun.uz.
Ushbu tadbir dam olish kunlari davomida Berlinda bo`lib o`tgan bayram va tantanalarning kulminasion yakuni bo`ldi.
Qayd etishlaricha, uzunligi 15 kilometr bo`lgan ushbu yorug` installyasiya Berlin devori chegaralarini takrorlaydi.
Avvalroq, Germaniya kansleri Angela Merkel Berlin devorining qulashi qurolli to`qnashuvlarsiz amalga oshganini mo`jiza deb atagandi.





