AsosiyJamiyat

Toshkentda hasharotlar haqida uchta darslik chop etildi

O`zbekistonda entomolog professor Aloviddin Hamroev va uning muallifdosh hamkasblari bir yil ichida hasharotlar to`g`risida uchta kitob tayyorlab, nashrdan chiqarishdi, deya xabar bermoqda Sreda.uz.

Ushbu kitoblar «O`simliklarni biologik himoya qilish», «Biozararlanish asoslari» va «Hasharotlar ekologiyasi» deb nomlanadi.

Kitoblar mualliflari — Aloviddin Hamroev entomofag (foydali hasharot)lar bo`yicha, Botir Hasanov o`simliklar kasalliklari bo`yicha, Botir Sulaymonov esa tuproq sohasidagi mutaxassisdir. Ularning uchalasi ham fan doktorlaridir. Ular darsliklarning asosiy qismlarini tayyorladi, tor mavzular bo`yicha esa boshqa tadqiqotchilar ham jalb etildi.

    Boshqa yangiliklar