Kanadaning Ebbotsford shahrida temiryo`l va avtomobil yo`li kesishgan joyda poezd Volkswagen Jetta mashinasi bilan to`qnashib ketdi. Natijada bir kishi, ya`ni mashina haydovchisi vafot etdi.
Tarkibiga bir necha vagon ulangan lokomotiv relsdan chiqib ketgan va elektr stansiyasiga urilgan. Ebbotsford shahrining minglab aholisi elektr tokisiz qoldi.





