Ayni paytda futbol bo`yicha Gollandiya milliy terma jamoasiga murabbiylik qilayotgan Gus Xidding, agar uning jamoasi Evro-2016 saralash bahslarida Lavtviyaga imkoniyatni boy beradigan bo`lsa, ishdan bo`shashini ma`lum qildi.
"Agar mag`lubiyatga uchraydigan bo`lsak, mening ketishim mantiqan to`g`ri bo`ladi”, - "Interfaks" Gus Xiddingning fikrini Britaniyaning The Guardian nashriga asoslanib tarqatmoqda. Xiddink Gollandiya jamoasiga Braziliyadagi jahon chempionati nihoyasida kelgan edi. U Lui van Galning o`rnini egallagan.
Murabbiy ikkinchi marta mana shu lavozimga tayinlanishi, biroq hozirgi Evropa chempionati saralash o`yinlari ham omadli borayotgani yo`q. Ular shu paytgacha mehmonda Chexiyaga 1:2 va Islandiyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, “A” guruhida uchinchi o`rinda bormoqda.
Eslatib o`tamiz, ushbu terma jamoa JCh-2014da Lui van Gal boshchiligida bronza medalni qo`lga kiritgan edi.





