AsosiyShou-biznes

Xyu Jekman omma oldida qo`lini kesdi

Gollivudning mashhur akteri Xyu Jekman “Daryo” spektaklida baliqchi rolini ijro etar ekan o`z qo`lini bilmasdan kesib yubordi, deya xabar bermoqda dni.ru.

Xorij OAVning xabar berishicha, Xyu rolga shunchalik kirishib ketadiki, natijada baliqni haqiqiy o`tkir pichoq bilan kesadi. Biroz muddatdan so`ng tig` Jekmanning barmog`ini ham kesib ketadi. Kesilgan joy ancha katta bo`ladi va tanaffusgacha akter qo`li qon holda rolini davom ettirishga majbur bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar