AQSh dengiz-havo kuchlari maxsus operasiyalar bo`limi “Dengiz mushuklari” harbiy xizmatchisi Robert O'Nil Daily Mail gazetasi orqali aynan uning boshchiligidagi guruh 2011 yili “Al-qoida” terrorchilik guruhi rahbarini yo`q qilganligini e`lon qildi, deya xabar bermoqda lenta.ru.
Nashr tarqatgan ma`lumotga ko`ra, 38 yoshli O'Nil bilan uyushtirilgan intervyu noyabr oyida Fox telekanali orqali efirga uzatiladi. Robertning bunday qarorga kelishiga sabab harbiy xizmatdan bo`shatilgandan keyin ba`zi imtiyozlarning ham olib tashlanganligidir.
O'Nil hozirda ham otasi bilan birga yashayotgan Montana shtatida tug`ilgan. U harbiy xizmatga 19 yoshida qabul qilingan. Robert 400ta harbiy operasiya, xususan Iroq va Afg`onistondagi harakatlarda ishtirok etgan. Birinchi raqamli terrorchini o`ldirgani uchun unga maxsus mukofot berilgan.





