Buxoro viloyati Peshku tumani «Yangiobod» qishloq fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi fuqaro jiyanining uyiga kelib, janjallashib qoladi. Bu haqda, «Postda» gazetasiga asoslanib, Daryo.uz xabar bermoqda.
Janjal vaqtida «Yangiobod» qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro jiyanining qorniga pichoq sanchadi. Natijada jiyani shifoxonaga yotqiziladi.
«Yangiobod» QFYdan bo`lgan fuqaro esa qonun oldida javob beradi», – deyiladi xabarda.





