AsosiyDunyo

KXDR uranni boyitish bo`yicha yangi zavodni ishga tushirdi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi uranni boyitish bo`yicha yangi zavodni ishga tushirdi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

Janubiy Koreyaning «Chonun Ilbo» gazetasi Janubiy Koreya ma`muriyati amaldorlaridan biriga tayanib xabar berishicha, yangi zavod Shimoliy Koreyaning Yonbyon yadroviy markazi tarkibiga kiradi.

Uning so`zlariga ko`ra, uzunligi 120 metr va kengligi 15 metr bo`lgan inshoot eski zavodning yonida qurilgan.

Janubiy Koreya razvedkasiga asoslanib berilgan xabarga ko`ra, yangi zavodda uranni boytish uchun 2000ga yaqin sentrifuga mavjud.

Seul va Vashington maxsus xizmatlari zavodda yadro quroli uchun materiallar ishlab chiqarish boshlangan-boshlanmaganligini aniqlashga harakat qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar