AsosiyJamiyat

Buxoro aeroporti birinchi marta Dreamliner’ni qabul qildi va unga xizmat ko`rsatdi

«Buxoro» xalqaro aeroporti birinchi marta Birlashgan Arab Amirliklaridan charter reys bilan uchib kelgan Boeing-787 Dreamliner samolyotini qabul qildi va xizmat ko`rsatdi. Bu haqda «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi xabar bermoqda, deb yozmoqda kun.uz.

Xabar berishlaricha, ushbu voqeaga aeroportdagi parvozlarga mas`ul barcha xizmatlar tomonidan katta tayyorgarlik ko`rilgan. Xususan, Boeing-787 samolyotining o`ziga xosliklaridan kelib chiqib, aeroport xodimlari bilan alohida mashg`ulotlar ham o`tkazilgan.

Milliy aviakompaniya matbuot xizmatining qayd etishicha, «Orzular layneri»da uchib kelgan ekipaj a`zolari va mehmonlar Buxoro havo bandargohi mutaxassislari haqida eng iliq fikrlarni bildirib o`tishgan.

«Gazeta.uz»ning yodga solishicha, «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi 2016 yil yozida ikkita Boeing-787-800 Dreamliner samolyotlarini qabul qilib oladi.

Dreamliner samolyoti xalqaro Dream Tour taqdimot parvozlari doirasida 2012 yil yozida O`zbekistonda bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar