2014 yilning 15 oktyabr kuni Mobile.uz forumida paydo bo`lgan UMS mobil aloqa operatorining logotipi sobiq «MTS-O`zbekiston» kompaniyasining Farg`ona viloyatidagi bosh ofisi peshtoqi oldida paydo bo`ldi. Bu haqda kun.uz xabar bermoqda.
Ushbu e`lon fotosurati Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhiga joylashtirilgan.
Tasvirdan ma`lum bo`lishicha, «MTS-O`zbekiston» logotipidagi belgi o`z o`rnida qolgan, faqat «MTS» so`zi o`rniga «UMS» so`zi mavjud.
Aytish lozimki, yangi kompaniya logotipi aynan shu ko`rinishda bo`lishi UMS vakillari tomonidan tasdiqlanmagan.
Eslatib o`tamiz, faoliyati 2012 yilda amalda to`xtatilgan «MTS-O`zbekiston» («O`zdunrobita») negizida tashkil etilayotgan UMS aloqa operatori 2014 yil 1 dekabrdan tijoriy faoliyatini yo`lga qo`yishi kutilmoqda.





