AsosiyJamiyat

Jizzaxlik talaba qiz bankdan 126 ming evro kredit oldi

Jizzax politexnika institutida engil sanoat yo`nalishida tahsil olayotgan Marhabo Mahkamova talabalik davridayoq xususiy korxona tashkil qildi. Bu haqda «Xalq so`zi» gazetasi xabar bermoqda.

Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo`ljallangan biznes loyiha ro`yobi uchun bank tomonidan 126 ming evro miqdoridagi kredit ajratildi. Mazkur sarmoya evaziga xorijdan zamonaviy tikuv va to`quv dastgohlari keltirib o`rnatildi.

Talabaning ushbu ezgu tashabbusi institut rahbariyati tomonidan ham qo`llab-quvvatlanib, ta`lim muassasasiga qarashli bo`sh turgan bino kichik korxona uchun ajratib berildi. Qisqa fursatda 20 nafar chevar qiz jalb etilib, texnologik jarayon to`liq yo`lga qo`yildi.

Ayni paytda 40 turdagi to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarayotgan bu korxonada oyiga 160 million so`mlikkacha mahsulot tayyorlanmoqda. Jamoa yillik ishlab chiqarish hajmini 6 ming donaga etkazishni hamda kelgusi yildan tashqi bozorga chiqishni ham niyat qilgan.

    Boshqa yangiliklar