O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 3 noyabr, dushanba kuni Gruziyaning O`zbekistondagi elchisi Konstantin Jgenti bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida O`zbekiston-Gruziya kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek, turli darajalardagi bo`lajak uchrashuvlarga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.
Gruziya elchisini O`zbekiston TIVda kim qabul qilganiga rasmiy axborotda aniqlik kiritilmagan.





