2014 yilning 31 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning joriy masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, O`zbekiston — Xitoy muntazam maslahatlashuvlari doirasida turli darajada bo`lib o`tadigan uchrashuvlarning amaliy jihatlari muhokama qilindi.





