2014 yilning to`qqiz oyida «Sog`lom bola yili» Davlat dasturini amalga oshirishga 4,2 trillion so`m va 200 million dollar mablag` yo`naltirildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
O`tgan davrda 59,2 ming o`quvchi o`rniga mo`ljallangan 210 umumta`lim maktabini (jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar) qurish va rekonstruksiya qilish, 159 maktabni kapital ta`mirlash, shuningdek, ularni mebel, kompyuter sinflari, o`quv-laboratoriya uskunalari va boshqa inventarlar bilan jihozlash uchun qariyb 300 milliard so`mlik kapital qo`yilmalar o`zlashtirildi. Bundan tashqari, 37 bolalar musiqa maktabi va 89 bolalar sporti ob`ekti (jumladan, umumta`lim maktablarida 73 sport zali) barpo etish, rekonstruksiya qilish va kapital ta`mirlash uchun 218,2 milliard so`m o`zlashtirildi.





