Toshkent shahrida joylashgan G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`i modernizasiya qilinadi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.
Sayfulla Ahmedov so`zlariga ko`ra, alohida e`tibor bog`ning xavfsizligiga qaratiladi. Rejalarga ko`ra, barcha attraksionlar texnik ko`rikdan o`tkaziladi. Eng eski attraksionlar foydalanishdan chiqarilib, ularning o`rniga yangi va zamonaviy attraksionlar o`rnatiladi.
Bundan tashqari, bog`dagi sobiq «Volgograd» ko`li va uning atrofidagi hudud obodonlashtiriladi: Suv havzasi kengaytirilib, uning atrofida dam oluvchilar uchun barcha qulayliklar yaratiladi.
Shuningdek, hokim birinchi o`rinbosarining ma`lum qilishicha, joriy yil yakuniga qadar bog`ning orqa tarafida keng avtomobil to`xtash joyi quriladi.





