AsosiyDunyo

Xitoy temir yo`llar qurilishiga 40 mlrd dollar sarflaydi

Xitoy Xalq Respublikasi hukumati mamlakat hududida uchta yangi temir yo`l liniyalarini qurishga qariyb 40 milliard dollar sarflaydi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Tegishli loyiha 31 oktyabr, juma kuni XXR Taraqqiyot va islohot davlat qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan. Liniyalarni qurish besh yil ichida tugallanadi.

Qurilish rejasiga muvofiq, Szyansi provinsiyasidagi Szian shahrini Ichki Mongoliya avtonom tumanidagi Ordos shahri bilan bog`lovchi ko`mir tashishga mo`ljallangan 1,8 ming kilometrlik temir yo`l, Shansi provinsiyasidagi Datun shahri va Xebey provinsiyasidagi Chjanszyakou shahri oralig`ida hamda Tibet avtonom tumanidagi Shigadze va Ningchi okruglarini birlashtiruvchi 137 va 402 kilometrlik yo`lovchi tashish uchun mo`ljallangan ikkita temir yo`l barpo etiladi.

    Boshqa yangiliklar