Parijdagi Salon du Chocolat shokoladi yarmarkasi doirasida turli xildagi shokoladlar bilan tikilgan modalar namoyishi bo`lib o`tdi. Bu haqda «Segodnya» xabar berdi.
Parij shokolad yarmarkasi o`zining 20 yilligini nishonlamoqda. Joriy yilning 29 oktyabr kuni Port-de-Versal ko`rgazma markazida noan`anaviy modular namoyishi bo`lib o`tdi. Unda modellar shokoladdan tikilgan liboslarni ko`rsatdi.





