Iroq bozorlarida ikkita portlash oqibatida 9 kishi halok bo`ldi, 24 nafar kishi jarohatlandi, deb xabar berdi «RIA Novosti».
Agence France-Presse ma`lumotiga ko`ra, birinchi portlash 31 oktyabr kuni ertalab Madain shahri bozorida bo`lgan. Natijada 4 kishi halok bo`lgan, 11 kishi jarohatlangan.
Ikkinchi portlash esa Iroq poytaxti Bag`dod g`arbidagi Suveyb bozorida sodir bo`lgan. 5 kishi halok bo`lgan, deyarli 13 kishi jarohatlangan.
Iroqda «Al Qoida» bilan aloqa bog`lagan «Islom Davlati» radikal guruhi jangarilari bosqinchiligi tufayli nosog`lom muhit hukm surmoqda. Bu guruh Suriya hududida davlat kuchlariga qarshi qilgan harakatlari sababli shuhrat qozongan.





