Yoshlar madaniyat va san`at markazi «Golos»/ «The Voice» va «Yulduzlar fabrikasi» kabi xorijiy musiqiy shoularning prototipini yaratishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “sayyod.com”.
Markaz vakillarining so`zlariga ko`ra, o`zbek yoshlarining chet el musiqiy shoulariga bo`lgan qiziqishi e`tiborsiz qolgani yo`q. Yaqin kelajakda bunday loyihalar O`zbekistonda ham paydo bo`ladi.
Hukumatning shu 14 avgustdagi qarori asosida tashkil etilgan markaz asta-sekin o`z faoliyatini boshlamoqda. Hozir bu erda «E`tirof» marosimini tashkil etish ustida ishlar bormoqda.
Eslatib o`tamiz, yoshlar uchun konsertlar, festivallar, ko`rik-tanlovlar, turli madaniy shoularni o`tkazish, mamlakatda yosh xorijiy xonandalarning gastrollarini hamda o`zbek ijrochilarining xorijdagi gastrollarini tashkil etish, iste`dodli ijrochilarni teleloyihalar, teletanlovlar va ko`rsatuvlar orqali ilgari surish Yoshlar madaniyat va san`at markazining asosiy faoliyat yo`nalishlariga kiradi.
manba: anhor.uz





