AsosiyDunyo

Nyu-York dunyoning eng qimmat megapolisi ekani aniqlandi

AQShning Nyu-York shahri rossiyalik sayyohlar uchun dunyoning katta shaharlari ichida eng qimmat megapolis deb topildi. Bunday xulosa sentyabrda bir kecha uchun belgilangan mehmonxona narxidan kelib chiqib tayyorlangan bo`lib, mehmonxonalar narxi ularda joy buyurtma qiluvchi hotel.info onlayn-xizmatidan olingan, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

«Katta olma» (The Big Apple) nomi bilan tanilgan Nyu-Yorkdagi mehmonxonalar xizmatidan foydalanishni istagan mijozlar o`tgan yilga nisbatan «bor-yo`g`i» 15,34 foiz ko`proq (277 dollar) to`lashiga to`g`ri keladi.

Tadqiqot natijalariga ko`ra, reytingning ikkinchi pog`onasidan London joy olgan bo`lib, bu erda sentyabr oyida bir kecha uchun mehmonxona narxi o`rtacha 200 dollar ekani aniqlandi.

Kuchli uchlikni Avstraliya poytaxti Sidney shahri yakunlab berdi. Ushbu megapolis mehmonlari sentyabr oyida bir kecha uchun 199 dollar to`lagan.

Keyingi uch o`rinni Syurix (190 dollar), Parij (185 dollar) va Norvegiya poytaxti Oslo (184,6 dollar) shaharlari egallagan bo`lsa, Singapurdagi mehmonxonalarda bir kecha o`tkazish uchun o`rtacha 184,3 dollar to`lashga to`g`ri kelgan.

Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan Rio-de-Janeyro shahrida esa mehmonxonalar narxi o`tgan yilgiga nisbatan 55 foiz ko`proq — 177 dollarni tashkil etdi.

Keyingi pog`onadan 170 dollar bilan Gonkong o`rin olgan bo`lsa, kuchli o`nlikni Amsterdam (bir kecha uchun mehmonxona narxi 168 dollar) yakunlagan.

    Boshqa yangiliklar