AsosiyJamiyat

Jahon banki O`zbekistonga 261 million dollarlik kredit ajratdi

Jahon banki va O`zbekiston hukumati 261 million dollarga teng kredit shartnomasi imzoladi. Bu haqda bankning O`zbekistondagi vakolatxonasiga asoslanib Gazeta.uz xabar bermoqda. Ushbu mablag` Qoraqalpog`iston respublikasining drenaj tizimini modernizasiya qilishga sarflanishi ko`zda tutilgan.

Kreditning 242,5 million dollarlik qismi Xalqaro taraqqiyot assosasiyasi, 18,3 million dollar esa Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablag`lari hisobidan ajratilgan.

Shuningdek, Jahon banki yana Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablag`laridan O`zbekistonda bog`dorchilikni rivojlantirish uchun 150 million dollarlik kredit ajratishni rejalashtirgan.

    Boshqa yangiliklar