Qozog`iston Milliy xavfsizlik qo`mitasi Chegara xizmati rahbari Nurlan Julamanov 2014 yil 27 dekabrgacha hibsda saqlanadi. Bu haqda Qozog`iston Harbiy sudi matbuot xizmatiga tayanib Tengrinews.kz xabar bermoqda.
Julamanov Qozog`iston Jinoyat kodeksining 235 va 311-moddalari bo`yicha o`ta katta miqdorda pora olganlikda ayblanib qo`lga olingani avvalroq xabar berilgan edi.
Ushbu jinoyat uchun Julamanov sakkiz yildan o`ttiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi va uning mol-mulki musodara qilinishi bilan jazolanishi mumkin.





