Londa Buyuk Britaniyadagi eng qimmat garaj sotildi, deya xabar bermoqda The Daily Telegraph. Chelsi hududida joylashgan binoni auksionda 550 ming funtga (deyarli 900 ming dollar) sotib olishdi. Garaj ikki hafta oldin sotuvga qo`yilgan edi.
Garaj 3,35ga 2,13 metr maydonga ega. Ushbu maydon unchalik katta bo`lmagan avtomobilni qo`yish uchun etarli. Biroq u erga sedanni qo`yaman desangiz, darvozasi yopilmay qoladi.
Nashrning xabar berishicha, garaj bilan birga 130 kvadrat metr joy ham sotilgan.





