AsosiyDunyo

Gruziya prezidentining rafiqasi o`g`il farzand kutmoqda

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvilining rafiqasi Maka Chichua «Rustavi-2» telekanaliga o`g`il farzand kutayotganini ma`lum qildi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

«Ikkalamizning ham qizlarimiz bor, endi uchinchi farzandimiz o`g`il bo`lishi oshkor bo`ldi»,— dedi Chichua.

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili hamda uning turmush o`rtog`i — rassom, vizajist va aktrisa Chichua joriy yilning 10 sentyabrida o`z munosabatlariga rasmiy maqom bergan edilar.

Margvelashvili ikkinchi marotaba ota bo`ladi, uning voyaga etgan Anna ismli qizi bor. Chichuaning ham Masho ismli qizi bor.

    Boshqa yangiliklar