2014 yil yanvar oktyabr oylarida Meksikada 80 nafar chaqaloq «Barselona» va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar da Silva Santos Junior sharafiga nomlangan, deb xabar bermoqda El Mundo Deportivo.
So`nggi paytlarda Meksikada yangi tug`ilgan farzandlarni mashhur futbolchilar nomi bilan atash ommalashib bormoqda. Neymardan tashqari «Real»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu nomi 17, «PSJ»ning shvesiyalik futbolchisi Zlatan Ibrohimovich nomi 3 nafar chaqaloqqa berilgan.
2013 yilda argentinalik oila familiyalar ism sifatida berilishi ta’qiqlanganiga qaramay o`z og`lini «Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Messi sharafiga nomlashga muvaffaq bo`lgani xabar berilgan edi.





