AsosiySport

Avtogol sabab indoneziyalik futbolchilar jazolandi

Indoneziya chempionati doirasida “Sleman” va “Slemarang” futbol jamoalari o`rtasida bo`lib o`tgan uchrashuv ishtirokchilari o`z darvozalariga beshta to`p kiritishdi, deya xabar bermoqda mahalliy nashrlar.

Indoneziya futbol federasiyasi ushbu o`yinni ko`rib chiqdi va kelishilgan o`yin deb hisoblab, har ikki klubni ham jazoladi. Shuningdek, “Sleman” va “Slemarang” jamoalari mamlakat kubogidan chetlashtirildi.

Bunday jazo qo`llanilishiga beshta avtogol kiritilganligi, xususan “Sleman” tomonidan uchrashuvning so`nggi uch daqiqasida kiritilgan uchta to`p sabab bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar