Shri-Lankaning janubiy-sharqida sel kelishi natijasida 10 kishi halok bo`ldi, yana 250 kishi bedarak yo`qolgan deb hisoblanmoqda, deya xabar bermoqda Associated Press.
Agentlik ma`lumotiga ko`ra, tuproq uyumlari tagida choy plantasiyalari ishchilari yashagan 120 ta uy qolib ketgan. Sel kelishiga kuchli yomg`ir sabab bo`lgan.
Qutqaruv operasiyasida harbiylar ham ishtirok etmoda.
Shri-Lankada kuchli yomg`ir mavsumi oktyabrdan dekabr oyigacha davom etadi.





