Shou-biznesda o`z uslubiga ega xonanda, go`zal va nafosatli Nilufar ijodida katta yangiliklar yaratish bilan band, deya xabar bermoqda sahro.net sayti.
Birin-ketin yaratayotgan qo`shiqlari va ularga ishlangan kliplarni muxlislariga ulashish niyatida tinim bilmay izlanishda. Ayni kunlarda uning yangi “Dilim” nomli taronasiga videoklip tasvirga olish ishlari olib borilmoqda.
Aytgancha, yangi tarona duet bo`lib, uning navbatdagi duetdoshi iste`dodli ijodkor DJ Piligrimdir. Duetning so`zlari va musiqasi aynan mana shu inson ya`ni DJ Piligrimga tegishli bo`lib, aranjirovkani Jasur Badalboev amalga oshirgan.
“Dilim” duetiga yaratilayotgan klipga taniqli klipmeyker Timur Primqulov boshlovchilik qilmoqda. Ma`lum bo`lishicha, videoklip ham trek, ham syujet asosida suratga olinmoqda. Bu haqda esa Nilufarning ma`muri xabar berdi.





