AsosiyHi-tech

Avtovertosamolet yaratildi

Arizonaning Krossblade kompaniyasi avtomobil, vertolet va samoletlar xususiyatlarini o`zida birlashtirgan SkyCruiserni taqdim etdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Original transport vositasi yo`llarda harakatlanishi, vertikal parvoz qilishi va to`rtta muruvat yordamida qo`nishi hamda qanotlar va dum qismida joylashgan muruvat ko`magida uchishi mumkin.

Bundan tashqari SkyCruiser atrof-muhitga juda kam zarar etkazadi, chunki uning dvigatellari elektr toki yordamida ishlaydi.

    Boshqa yangiliklar