Rim-katolik cherkovi rahbari Papa Fransisk evolyusiya va katta portlash nazariyalarini tan oldi. Bu haqda u Papalik Fanlar akademiyasida so`zlagan nutqida ma`lum qilgan, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
«Hozirda dunyoning boshlanishi sifatida qaraladigan katta portlash Xudoning aralashuviga qarama-qarshi emas, balki unga muhtojdir. Tabiatdagi evolyusiya tushunchasi yaratilishga zid emas, chunki evolyusiya rivojlanadigan mavjudotlar yaratilishini talab qiladi», − dedi Papa.
Dinshunoslarning ta`kidlashicha, Fransiskning fikrlari avvalgi Papa Benedikt XVIning g`oyalariga butunlay teskari: u hayot paydo bo`lishining ilmiy nazariyalarini yoqlamasligini va o`zining diniy nazariya tarafdori ekanligini ma`lum qilgan.





